Главная » 2020 » Январь » 13 » Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi
08:54

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi


O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mo‘ljallanmoqda.

Muhokama uchun e'lon qilingan qonun loyihasiga ko`ra. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritiladi:

66-1-moddasining (Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish) birinchi qismida:

“109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish)” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

“140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “140-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

109-modda (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) chiqarib tashlanadi;

140-moddasining (Haqorat qilish) birinchi qismi (Haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa) chiqarib tashlanadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz