Главная » 2020 » Март » 30 » Qashqadaryoda ham bir kishi koronavirus yuqtirgan
13:52

Qashqadaryoda ham bir kishi koronavirus yuqtirgan


Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 145 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi virus yuqtirgan so‘nggi bemor haqida ma’lumot berdi.

Infeksiyani yuqtirib olgan eng so‘nggi bemor ikkinchi vafot etgan marhumning 14 yoshli jiyani ekanligi ma’lum qilindi. U ayni paytda Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlari va boshqa fuqarolar salomatligi ham qat’iy nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda yana ikki nafar qashqadaryolik bemor Toshkentdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.

Eslatib o'tmiz. O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz