Главная » 2020 » Март » 28 » Qashqadaryoda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan shaxs qamaldi
16:33

Qashqadaryoda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan shaxs qamaldi


Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq yolg‘on xabar tarqatgan shaxs ma’muriy qamoqqa olish bilan jazolandi. Bu haqda viloyat IIB  Matbuot xizmati xabar berdi.

Yaqinda Telegram messenjerida ochilgan bir yarim mingdan ortiq a’zosi bo‘lgan guruhda “Otabek aka” nomi bilan ochilgan profil egasi guruhda e’lon qilingan “O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oshib, ularning umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda” deb nomlangan xabarga javoban “E-e, odamlarni aldashdan nima foyda? 1000 dan oshib ketgan-ku kasallanganlar O‘zbekistonda. To‘g‘risini aytish kerak, odamlar shunga qarab chiqmaydi ko‘chaga. Kelmas ekan deb yuribdi ko‘chada” degan izohlarni yozib qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Telegram ijtimoiy tarmog‘idan “Otabek aka” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro Shahrisabz shahri, “Uymovut” MFYda yashovchi Otabek O. ekanligi aniqlangan.
 

Fuqaro Otabek O. bilan mazkur holat yuzasidan suhbatlashilganda u bu xabarni hech bir asossiz yozganligini, Toshkent shahridan kelgan mahalladoshlaridan “Toshkentda vaziyat yaxshi emas”, degan gaplarini eshitgani uchun kasallanganlar soni ko‘p bo‘lsa kerak, deb o‘ylaganligini, shu sabab “kasallanganlar soni 1000 dan oshib ketdi”, deb Telegram`dagi guruhda o‘ziga tegishli “Samsung Galaxy S8” telefon apparati vositasida yozganligini ma’lum qilgan.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan fuqaro Otabek O.ga nisbatan Shahrisabz tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori katta leytenant L.Mo‘minov tomonidan joriy yilning 27 mart kuni O‘zR MJtKning 205-moddasi asosida ma’muriy ish hujjatlari to‘plangan va sudga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining 2020 yil 27 mart kunidagi qaroriga asosan fuqaro O.R.Oymamatovga nisbatan O‘zR Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz