20:41 Qay biri foydali: Asalmi yoki antibiotiklar? | |
Oksford olimlari asal mahsuloti yo‘tal va tomoq og‘rig‘ini davolashda dori vositalariga qaraganda samarali vosita, degan xulosaga keldi. «Asal arzon, tayyor mahsulot va hech qanday nojo‘ya ta’sirga ega emas. Shifokorlar uni foydasiz hisoblangan antibiotiklarga munosib alternativ sifatida tavsiya etishi mumkin», – deydi tadqiqotchilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar tibbiy ma’lumotlar omborini tahlil qilib, 14 ta klinik tajribalar ichidan 1761 nafar og‘ir ahvoldagi ishtirokchilarni topgan. «Asaldan kasallik alomatlarini, ayniqsa, yo‘tal qattiqligi va kuchini yengillashtirish uchun foydalanilgan. Bir necha tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kasallik belgilari doimgidan bir-ikki kun ertaroq yo‘qolgan», – deyiladi xabarda. Shu bilan birga olimlarning qayd etishicha, ikki tahlil qilingan tadqiqotda ehtimoliy plasebo ta’siri ham inobatga olingan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|