22:52 Qayerda koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori? | |
Liftlarda ventilyatsiya yaxshi ishlamaydi: kabinalar esa aksariyat hollarda juda tor bo‘ladi. Agar liftda yolg‘iz chiqsam, xavfdan xoli bo‘laman, deb o‘ylaganlar qattiq yanglishadilar. Chunki sizdan avval kimdir yo‘talgan yoki aksirgan bo‘lsa, kabinada zararli virus saqlanib qoladi. Koronavirus quruq yuzada yoki havoda ikki sutkagacha tirik yashashi mumkin, nam yuzada esa undan ham ko‘proq umrguzaronlik qilishi ilmiy tasdiqlangan. Shunday ekan, lift tugmachasi ham kasallik tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Xitoylik tibbiyot xodimlari liftga faqat niqobda kirishni va lift tugmachasini ochiq qo‘l bilan bosmaslik lozimligi xususida ogohlantirishmoqda. Bu qisqa muddatli sayrdan so‘ng qo‘llaringizni 20 soniya davomida sovunlab yuvishni ham unutmang
Manba: "xabardor.uz"
| |
|