21:31 Qaynoqqina hammom koronavirusni o‘ldiradimi? | |
Koronavirusga qarshi kurashishda hammomning foyda berishi haqidagi da’vo bahslidir. Chunki, namlikning oshishi natijasida virus havoda yaxshi saqlanadi, bug‘ esa kasallik tarqashiga sharoit yaratadi, deydi immunolog-allergolog Vladimir Volodin. Mutaxassisning fikricha, virusga hammomdagi yuqori harorat ta’sir etmaydi, namlik sababli u narsa-buyumlar yuzasida uzoq saqlanadi. Bunday havodan nafas olish orqali infeksiya yuqishi mumkin. Agar koronavirusga chalinmagan odam hammomga kirsa, bug‘da o‘tirish immunitetni mustahkamlaydi. Volodinning ta’kidlashicha, koronavirusdan saqlanishning yagona yo‘li — odamlar ko‘p joydan uzoqda, o‘z uyingizda qaynoq choyga asal qo‘shib ichib o‘tirishdir.
Manba: "sof.uz"
| |
|