08:33 Qaysi 5 ta mahsulotni juda arzon narxda sotib olmaslik kerak? | |
Do‘kon va supermarketlarning peshtaxtalarida chegirma aksiyalari tez-tez paydo bo‘lib turadi. Ko‘pchilik tovarlarni 50-70% arzonroq sotib olganidan xursand bo‘ladi. Ammo bu har doim ham foyda keltirmaydi. Ba’zi mahsulotlar, masalan, kosmetika, shaxsiy gigiyena vositalarini doimiy narxda sotib olgan ma’qul. Ko‘pincha, chegirma tovarning yaroqlilik muddati tugagani yoki do‘kon ma’muriyati uni buzilgan deb taxmin qilganini anglatadi. Nam salfetkalar Kiprik uchun tush Yogurt
Supermarket mahsulotlarning ma’lum bir qismini sotishga ulgurmaganida, ular chegirma peshtaxtasidan o‘rin oladi. Amal qilish muddati tugashidan 2-3 kun oldin narxlar keskin tushadi. Bunday holda, katta miqdordagi tovarlarni sotib olishning hojati yo‘q. Ayniqsa, sut mahsulotlari va yogurtlarni. Tovarlar qanday saqlanganini bilmaysiz. Ehtimol, do‘kon muzlatgichida yogurt to‘plamiga joy bo‘lmagan, shuning uchun tez sotishga harakat qilishayotgandir. Axir, uni tashlab yuborgandan ko‘ra arzonroq narxda sotish yaxshiroq-ku. Sut mahsulotlari maxsus haroratda saqlanishi kerak, agar rejim buzilgan bo‘lsa, ular tez ayniydi, ichida zararli bakteriyalar paydo bo‘ladi. Kamida – oshqozon og‘rig‘i, diareya tejalgan pulning oqibatiga aylanishi mumkin. Muzlatilgan sabzavot va mevalar
Muzlatilgan sabzavot va mevalarni chegirma bilan sotib oladigan xaridorlarni yoqimsiz hodisalar kutib turgan bo‘ladi. Muammo ularning ko‘p marotaba muzlatilib, eritilganidan kelib chiqishi mumkin. Meva va sabzavotlar muzlatilganida vitamini va ta’mini yo‘qotadi. Isitilganidan keyin yeyishingiz mumkin (zaharlanmaysiz), ammo ta’mi yoqimsiz bo‘lib qoladi. Bu, ayniqsa, meva va rezavorlarga tegishli bo‘lib, ular metallga xos ta’m oladi. Agar qadoq buzilgan bo‘lsa, ichkarida muz yig‘iladi. Mahsulot keragidan ortiq muzlaydi, bu holatda uni umuman iste’mol qilmagan ma’qul. Hojatxona qog‘ozi
Manba: "xabardor.uz"
| |
|