17:32 Qaysi dorini qabul qilishda alkogoldan mutlaqo voz kechgan ma’qul? | |
Allergiyaga qarshi antigistamin preparatlari qabul qilayotganda organizmga kirgan spirt bexushlikka olib keladi, xotira bilan bog‘liq noxushliklar paydo qiladi. Tanada trankvilizator bilan aralashgan spirt shu darajada mastlikka olib keladiki, odam o‘zini o‘zi boshqarolmaydi, o‘ta tajovuzkor holatga kiradi. Agar diabetga qarshi tabletkalar qabul qilinayotganda aroq ichilsa, bemor koma holatiga ham tushib qolishi mumkin. Qon bosimini tushirishga mo‘ljallangan dori vositalarining spirt bilan aralashuvi ishemik insult va infarktga yo‘liqish havfini juda kuchaytiradi. Shunday ekan davolanish chog‘ida spirtli ichimliklardan butunlay voz kechgan ma’qul emasmi? Agar butunlay voz kechilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|