11:44 Qibray tumaniga kirish-chiqish to‘xtatildi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumani karantinga yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotga aniqlik kiritish uchun Toshkent viloyati IIBB YHXB vakili Rustam Asqarov bilan bog‘landik. Rustam Asqarovning ma’lum qilishicha, Qibrayda aholi orasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor aniqlangani uchun, tuman “qizil” toifali hududlar qatoriga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 8 mayidan O‘zbekistonda tuman va shaharlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratildi. Ammo keyinroq “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda ham koronavirus yuqtirish holatlari aniqlana boshlagach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda maxsus komissiyaga hududlarning toifasini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|