17:07 Qiymali pirog - yangilikka tobingiz qalay? | |
Zarur masalliqlar: 500 gr. go‘sht qiymasi, 250 gr. smetana, 150 grammdan un va pishloq, 3 dona tuxum, 2 bosh piyoz, 1 choy qoshiq xamir yumshatgich, tuz. Tayyorlanishi: 1. Go‘sht qiymasiga go‘shtqiymalagichdan o‘tkazilgan piyozni qo‘shib, aralashtiring. Tuz, murch sepishni unutmang. So‘ngra yong‘oq kattaligida «sharcha»lar yasab, muzxonaga qo‘ying. 2. Tuxumni yengil ko‘pirtirib, smetana qo‘shing. So‘ngra un, xamiryumshatgich va tuz solib, quyuqroq xamir tayyorlang. Xamirni aylana shakldagi yog‘langan qolipga quyib, go‘shtli «sharcha»larni joylang. 3. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, pirog ustidan seping-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo‘ying. Tayyorlanish vaqti: 1 soat. 6 kishilik.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|