18:50 “Qizaloq va Maymoq” bolalar uchun zararli multfilm deb tan olindi | |
Bunday xulosaga rossiyalik ruhshunoslar kelishdi. “Qizaloq va maymoq” multfilmi bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi eng zararli multfilmlar ro‘yxatiga boshchilik qildi. Mazkur reyting rossiyalik ruhshunoslar tomonidan tuzildi. Multfilmning bosh qahramoni Mashaning harxashalari, injiqliklari, yomon odatlari, mutaxassislarning fikricha bolaning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin — bola bunday harakatlarni odatiy holday qabul qiladi. Amerikaning “Monstr Xay” multiki reytingda ikkinchi pog‘onani egalladi. Ruhshunoslar multfilm qahramonlarining ko‘cha tilida gaplashishlari bolaning so‘z boyligini buzishi mumkin degan fikrda. Uchinchi o‘rin “Gubka Bob to‘rtburchak ishtonga” nasib qildi. Olimlarning fikrlaricha multfilm bosh qahramoni juda hudbin va doim katta yoshdagilarni tanqid qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra “Qizaloq va maymoq” multfilmi Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, shuningdek Sharqiy mamlakatlarda ham juda mashhur. “Qizaloq va maymoq” multfilmi 2009 yildan namoyish etiladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|