13:01 Qizil ko‘ylakni nima bilan kiyish kerak? | |
Qizil ko‘ylak bu — klassika! Uni kiygan xonimlar doimo atrofdagilarning diqqat markazida turishadi. Demak, bunday ko‘ylakni kiyishda ma’lum qoidalarga amal qilish kerak. 1. Qizil rangning bir necha hil tuslari bor. Shuning uchun tanlovni borayotgan tadbiringizga qarab amalga oshirganingiz ma’qul. Dabdabali kechalarga alvon rangli ko‘ylak, romantik uchrashuvga yoqutrang, dugonalar bilan ko‘rishish yoki ishxonadagi tadbirlarga dengiz marjonlari rangidagi qizil ko‘ylaklar tavsiya etiladi. 2. Oyoq kiyim va taqinchoqlar esa ko‘ylakning uzunligiga qarab tanlanadi. 3. Qizil rang shundoq ham xammaning diqqat-e’tiborini jalb etadi. Betakror did sohibasi ekanligingizni ko‘rsatish uchun yorqin va katta taqinchoqlardan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi. 4. Qizil ko‘ylak bilan qora, oq, tillarang va kumushrang oyoq kiyim, sumka, taqinchoq, sharflar mos keladi. Agar oddiyroq ko‘rinishni istasangiz qizil ko‘ylakni qaymoqrang tufli bilan kiyishingiz mumkin. 5. Qizil ko‘ylakka qora aksessuarlarni moslashtirsangiz, xech qachon adashmaysiz. 6. Oltin va platinadan yasalgan taqinchoqlar va alvon tusli libos har qanday ayolni malikaga aylantiradi. 7. Agar jozibali xonimlardek ko‘rinishni istasangiz poyabzalingiz ham baland poshnali bo‘lishi shart. Ammo ko‘ylakning rangi bilan bir xil qizil emas, undan ochroq yoki to‘qroq tuslisini yoki qora rangli tufli kiying. 8. Klatch esa qora yoki kumushrang bo‘lsin. Qizil ko‘ylakni nima bilan kiyish emas, uning qomatingizga yarashagan-yarashmagani muhimroq.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|