22:35 Qo‘llaringiz uvishishiga nima sabab bo‘lishi mumkin? | |
Olimlar qo‘l uvishishning eng keng tarqalgan sabablarini ma’lum qilishdi. Qo‘llarning noto‘g‘ri holatda qolishi har doim ham ularning uvishishiga sabab bo‘lavermaydi. "Ortodoks" tibbiy portali mutaxassislarning qo‘l uvishish sabablari haqidagi ma’lumotini taqdim etdi. Olimlarning ta’kidlashicha, qo‘l uvishishiga birinchi sabab - bo‘yin osteoxondrozi - u qo‘l uvishishidan tashqari yana bosh og‘rig‘i va koordinatsiyaning buzilishiga ham olib keladi. Ikkinchi sabab sifatida tunnel sindromi keltirilgan - u doimo bir xil qo‘l mehnati bilan shug‘ullanadigan kishilar: tikuvchilar, musiqachilar va dasturchilarda uchraydi. Shuningdek qo‘llarning uvishishi parishonxotirlik belgisi ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, vena trombozi, qandli diabet, kamqonlik hamda yelka bo‘g‘imlari nevralgiyasi va yallig‘lanish kabi kasalliklar ham qo‘llar uvishishiga sabab bo‘ladi. Eng xavfli asorat sifatida esa falaj tan olingan. Uning belgilari (qo‘llar uvishishi, fikrlar tarqoqligi, ko‘rish qobiliyati va koordinatsiyaning buzilishi) paydo bo‘lishi bilanoq ikkilanmay tez tibbiy yordam chaqirish tavsiya etiladi.
Manba: "kun.uz"
| |
|