15:41 Qo‘qonlik ota o‘z farzandini 4-qavatdan itarib yubordi | |
Qo‘qonlik ota voyaga yetmagan o‘g‘lini kasalxonaning to‘rtinchi qavatidan itarib yubordi! Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Avvaliga voqelik baxtsiz holatdek ko‘ringandi. Biroq tergovga qadar tekshiruv jarayonida voyaga yetmagan D.Sh. (ruhshunos ishtirokida) bergan tushuntirishida o‘zini kasalxona derazasidan otasi I.Sh. (40 yosh) itarib yuborgani aytadi. Buning oqibatida u (olti yosh) o‘rtacha og‘ir darajada tan jarohati oladi. Holat yuzasidan o‘shandayoq (28.02.2020-yil) Qo‘qon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 111-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan. Biroq ish materiallari shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilganda I.Sh.ning harakatlarida ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilish jinoyati alomatlari aniqlanadi. Shundan kelib chiqib, kuni kecha (07.04.2020-y.) ayblov Jinoyat kodeksining 111-moddasi 1-qismidan 25,97-moddasi 2-qismi (ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilish) «v» bandiga qayta malakalandi. Yangi ayblov bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|