21:17 Qodirov Prezidentlikdan ketishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi | |
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining boshqa yuqoriroq lavozimga tayinlanishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. “Menda respublika tashqarisida ishlash va respublikani tark etishga qiziqish hech qachon bo‘lmagan. Menga boshqa lavozim ham taklif qilishmagan. Men kareramni o‘z respublikamda tugatmoqchiman, hech qayerga ketmoqchi emasman”, degan Qodirov joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida. U shuningdek, har qanday amaldor bir ikki kun televideniyeda ko‘rinmay qolsa, darrov mish-mishlar boshlanishini ta’kidlab o‘tdi. Qodirov mish-mishlar tarqatmay, Vatan uchun mehnat qilishga chaqirdi. Eslatib o'tamiz: Ramzan Qodirov “vaqtincha mehnatga layoqatsiz” bo‘lgani uchun vakolatini vaqtincha Muslim Xuchiyevga topshirgandi. O‘zi esa davolanish kursidan o‘tishi ma’lum qilingandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|