Bananni hamma sevib iste’mol qiladi. Ammo qanaqa banan foydaliroq — sariq po‘stlimi, ko‘kishrog‘imi yoki turaverganidan qorayib, ancha yumshab qolganimi?
Gap shundaki, bananning pishmagani o‘ta pishib ketganidan nafaqat mazasi bilan balki tarkibiy jihati bilan ham farq qiladi. Dietolog-mutahassislarning ta’kidlashicha bananning turli muddatdagi holati iste’molchi organizmiga turlicha ta’sir qiladi.
Jumladan, o‘ta pishib ketgan, aniqrog‘i po‘sti qoraygan banan tarkibiy jihatdan ancha yumshoq va juda shirin ta’mli bo‘ladi. Bunga sabab muddati o‘tgani sayin banan tarkibidagi uglevod va saxaroza moddalari erib, oddiy shirin massaga aylanadi. Mutahassislarning fikricha, mahsulot shu holatida turli vitamin va mikroorganizmlarga boy tez xazm bo‘luvchi xususiyatga ega bo‘ladi.
Eng asosiysi, qoraya boshlagan banan tarkibida saraton hujayralarini bartaraf etuvchi modda mavjud!
Bundan tashqari, o‘ta pishgan banan tarkibida kuchli antioksidant hosil bo‘ladi. Qoraygan bananni iste’mol qilish organizmni har qanday infeksiya bilan kurashish qobiliyatini oshirib, immun tizimini mustahkamlaydi.
Shunday ekan, muddati o‘tib, qoraya boshlagan bananni tashlab yubormang. Uning tarkibidagi moddalar joningizga — jon, qoningizga — qon bo‘lib xizmat qiladi.