21:16 Qorin yo‘qotishning 8 qoidasi | |
Xotirjamlikni saqlang Qattiq hayajon (stress) — qoringa yog‘ yig‘ilishining birinchi sababi. Kuchli hayajon, ya’ni stress holatlari qorinni yo‘q qilishiga sababchi bo‘ladigan, “kortizol”, “gormon” miqdorini oshiradi. Tanglikdan qutulish uchun quyidagi mashq sizga asqotadi: qulay va tinch joyga o‘tirib oling. Yengil hamda sekinlik bilan nafas olib, ichingizni havoga to‘ldiring. Bu usul ongingizni ravshanlashtiradi. Chuqur nafas olishni to‘xtatmasdan, har nafas chiqarganingizda “bir” so‘zini qaytarishga diqqatingizni jamlang. Agar biror nimaga chalg‘isangiz, hechqisi yo‘q. Yana bir bor mashqni qaytarishga urining. Ushbu usulni bir kunda ikki marotaba 5-10 daqiqa davomida qaytarishni unutmang. Kletchatkali mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling Bunday mahsulotlarni tanovvul qilish vazningizni kamaytirishga yordam beradi. Kletchatka oshqozonni to‘ldiradi va shuning uchun ham ochlikni sezmaysiz. Shuningdek, ich qotishi, qoringa havo to‘lishi haqida qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi. Har kuni 25 g dan to 37 g gacha donli mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni, qolaversa, meva-sabzavotlar yoki qo‘shimcha oziq-ovqatlarni tanovvul qilish lozim. Suv ichishni kanda qilmang Hayzdan oldin juda ko‘p miqdorda suv iching. Bu qorin shishishining oldini olib, organizmingiz faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Suyaklar haqida ham unutmang Osteoporoz – suyaklaringizga shikast yetkazadigan kasallik. Umrtqa pog‘onasining nimjon suyaklari vaznni ushlab tura olmaydi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan yelka chiqib, qomatni bukchayib qolishiga olib keladi. Nyu-York tibbiyot markazi fizioterapevti, shifokor Vilibald Naglerning aytishicha, bukchaygan qomat qorin bo‘shlig‘iga joy qoldirmaydi. Natijada, qorin do‘ppayib chiqib qolar ekan. Agar 50 yoki undan kattaroq yoshda bo‘lsangiz, har kuni 1200 mg kalsiyli taom iste’mol qilishingiz kerak. Bordi-yu yoshingiz 50 yoshdan past bo‘lsa, har kuni 1000 mg kalsiy qabul qilishingizning o‘zi yetarli. Aerobika mashqlari Toki qorin mushaklaringiz yog‘ qavatlari bilan qoplangan ekan, bu holatda hech qanday mashq qorningizni yo‘qota olmaydi. Eng yaxshi usul esa — haftasiga besh marta 45-60 daqiqa aerobika bilan shug‘ullanish. Birgina misol, Barbara Teylor haftasiga besh marotaba yugurish, tinmay yurish, bir soatdan kam bo‘lmagan vaqtda zinapoyadan yuqoriga ko‘tarilish orqali qorin mushaklarini ochdi. Shuningdek, 30 kg ga ozishga muvaffaq bo‘ldi. Qorningizni ichingizga torting Noxushlikni sezmaslik uchun qorningizni maksimal darajada ichingizga torting. Bu usulni qorningiz yodingizga tushganda, tez-tez takrorlab turing. Vaqt o‘tishi bilan ushbu mashq xuddi nafas olishdek, doimiy odatingizga aylanib qoladi. Natijasi esa sizni hayratda qoldiradi. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lamiz Haftasiga ikki-uch marotaba jismoniy mashqlarni bajarishni oldingizga maqsad qilib qo‘ying. Bu usul orqali qorningiz avvalgidan ancha yaxshilanganini sezasiz. Qorin mushaklari ham o‘z holiga qaytadi. Qorin mushaklari Jismoniy mashqlarni tik turgan holatda bajarganingiz ma’qul. Shunda qorin mushaklarining ham ishlashiga imkon yaratgan bo‘lasiz. Bu esa badaningizni belgilangan vaznda ushlab turishga va uni mustahkamlashga yordam beradi. O‘zingizga bo‘lgan nazoratni aslo susaytirmang. Gavdangizni doim to‘g‘ri tutishingiz, qorin mushaklari esa tortilgan bo‘lishi kerak. Ammo bu holatda nafas olishni to‘xtatib qo‘ymang.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|