17:07 Qovoqdan pirog - mavsumning haqiqiy yangiligi! | |
Zarur masalliqlar: xamiriga: 350 gr. un, tuz, 120 gr. sariyog‘, 1 dona tuxum sarig‘i, tuz; ustiga solishga: 1 kg. qovoq, 200 ml. qaymoq, 120 shakar, 3 dona tuxum, yong‘oq, dolchin, qalampirmunchoq kukuni. Tayyorlanishi: 1. Muzlatilgan sariyog‘ni maydalab un va tuz bilan aralashtiring. Tuxum sarig‘ini solib, 1 osh qoshiq suv qo‘shing-da, xamir tayyorlang. Zuvalani sellofanga o‘rab, 1 soatga muzlatkichga qo‘ying. 2. Xamirni aylana shaklda, qolipingizga moslab yoying. Bir-ikkita joyiga sanchqi sanchib, yana sellofanga o‘rang-da, 20 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying. So‘ngra ustiga quruq loviya solib, 15 daqiqaga 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying. Keyin loviya donalarini olib tashlaysiz. 3. Qovoqni po‘stidan tozalab, katta bo‘laklarga bo‘ling-da, zar qog‘ozga o‘rab, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo‘ying. So‘ngra maydalab, yaxshilab ezing. 4. Tuxumni ko‘pirtirib, shakar va qaymoq qo‘shing-da, ko‘pirtirishda davom eting. Qovoq bilan aralashtirib, dolchin va qalampirmunchoq qo‘shib, pirog ustiga soling. Maydalangan yong‘oqni pirog yuziga joylab, 35 daqiqaga 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying. Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa. 6 kishilik.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|