19:42 Qovoqli pirog - mazasiga gap bo‘lishi mumkinmas! | |
Zarur masalliqlar: 500 gr. tayyor qatlam xamir, 200 gr. qovoq, 4 osh qoshiq istalgan meva qiyomi (masalan, olma povidlosi), qand upasi. Tayyorlanishi: 1. Qovoqni yupqalab uzunasiga to‘g‘rang. 2. Qatlama xamirni o‘rtacha qalinlikda, to‘rtburchak shaklda yoying. Bir tomonidan suratdagidek nomiga pichoqni yurgizing. 3. Xamirning ikkinchi tomoniga olma qiyomidan surting-da, qovoq bo‘laklarini jipsroq qilib terib chiqing. 4. Xamirning ikkinchi tomoni bilan qovoqlar ustini yopib, atrofini tuging. 5. Pirogni pishiriq qog‘ozi solingan gaz patnisiga qo‘ying. Pishirig‘imiz 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqada pishadi. Pishgach, yuziga qand upasi seping. 6 kishilik 1 soat
Manba: "darakchi.uz"
| |
|