09:45 Qozog‘istonda necha kishi koronavirus yuqtirishi mumkinligi aytildi | |
Qozog‘istonda yozga borib COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 3,5 mingdan oshmasligiga umid bildirilyapti. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Yelajn Britanov ma’lum qildi. Qozog‘istonda hozircha 325 kishida koronavirus aniqlangan, ulardan bir bemor vafot etgan. 16 martdan beri mamlakatda favqulodda holat rejimi amal qilyapti. Nur-sulton va Olma-otada 19 mart kuni karantin rejimi joriy qilingan. 30 martdan yana 6 shahar karantinga yopildi: Atirau, Qorag‘anda, Temirtau, Saran, Shahtin va Abay. Qator viloyatlarda ham cheklovchi karantin choralar joriy qilindi. Birtanovning fikricha epidemiologik vaziyat, hukumat tomonidan ko‘rilayotgan karantin choralaridan kelib chiqib, epimeyaning eng faol nuqtasi aprel oyida o‘tadi. Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 785 979 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 37 810 nafari vafot etgan va 165 889 nafari davolangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|