18:52 Quvvat olayotgan smartfondan foydalanish qanchalik xavfli? | |
Smartfon quvvat olayotgan paytda quvvatlantiruvchi qurilma qiziydi. Shu bois, smartfon quvvat olayotganda gaplashish zarur bo‘lsa, uni qurilmadan uzib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu haqda "Telecom daily" axborot-tahlil agentligi direktori Denis Kuskov aytib o‘tgan. Mutaxassis ta’kidlaganidek, zamonaviy hayot ritmida gadjetlarni bir kunda bir necha marta quvvatlantirish kerak.
Ta’kidlanishicha, ayniqsa tezkor rejimda quvvatlantirishda qurilma qiziydi. Agar smartfon g‘ilof bilan qoplangan bo‘lsa, xavf yanada ortadi.
Shuningdek, mutaxassisning aytishicha, agar suhbat o‘ta muhim bo‘lsa va smartfon ham yetarlicha quvvat olmagan bo‘lsa, telefon karnayi orqali gaplashish kerak.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|