12:23 Rajabovlar: Yulduz va Adizni Chimyonda ko‘p ko‘rishmoqda! | |
Film turli noqonuniy va jamiyatni ichidan yemirilishiga sababchi bo‘lgan davr vabosi - zararli bo‘lgan oqimlar xaqida bo‘lib unda yuqorida sanalgan ijodkorlardan tashqari yana Jumadilla Rametov, Boir Xolmirzaev va Rayxon Ulasenovalar bosh rollarni talqin etishadi. Adiz Rajabov:- Turli noqonuniy oqimlar kirib kelgan paytlari ularning raxbarlariga odamlar xattoki o‘z uylarini xam berib yuborishgani to‘g‘risida eshitgandim... "Yolg‘on girdobi" filmidagi rolim film davomida kutilmagan burilish yasaydi desa xam bo‘ladi chunki qaxramonim obrazi film o‘rtasiga yetganida ochiladi. O‘zgaradi desa xam bo‘ladi. Shu sababdan xam xozircha rolimni to‘liq ochiqlay olmayman. Film moxiyati va undagi kasb bilan bog‘liq umumiy tushunchalarga ega bo‘lganim sabab xam mazkur filmdagi ijroim qiyinchilik tug‘dirmayati. Dolzarb mavzudagi ijtimoiy muammolardan biriga yana bir versiya yaratilar ekan bu safar Nozim To‘laxo‘jaevning nigoxi va maxortiga baxo beramiz. Asosiysi dindan ilmi faqir bo‘lgan va balki iymoni sust bo‘lganlarga bu ijod namunasi muxim darslikni o‘taydi deb niyat qilamiz.
Manba: "sayyod.com"
| |
|