22:03 Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligini boshqa birovga topshirdi | |
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 13 yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga yaroqsizligi tufayli Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajara olmaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Qodirovning vaqtincha iste’fosini o‘zida aks ettirgan farmoyish 13 yanvar, dushanba kuni imzolangan. "Checheniston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligim bois, 2020 yilning 13 yanvar kunidan Checheniston Respublikasi rahbarligini bajarishni Checheniston Respublikasi Hukumat rahbari Xuchiyev Muslim Magomedovichga yuklayman", deyiladi Checheniston rahbari va hukumati saytida e’lon qilingan hujjatda. Kecha Rossiya Federatsiyasida boshqaruv tizimida ham o‘zgarishlar kuzatilib, Medvedev iste’foga chiqqan edi. Prezident Putin Federal Soliq Xizmati rahbari Mixail Mishustinga Bosh vazir lavozimini taklif qilgan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|