10:34 Rasman: Koronavirus O‘zbekistonga ham kirib keldi | |
Dunyoning 160 ga yaqin davlatiga kirib borgan koronavirus O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi Bugun, 15 mart kuni soat 06.00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda. Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|