22:40 Rasman: Oliy o‘quv yurtlari talabalari ikki haftalik ta’tilga chiqariladi | |
Talabalar 2020-yil 16-martdan ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqariladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qilmoqda. Xabarda aytilishicha, Vazirlik tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi: barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020-yil 16-martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqariladi, ta’lim muassasalarida karantin joriy qilinadi; Toshkent shahrida joylashgan OTMlar talabalar turar joylari (TTJ)dan talabalar doimiy yashash joylariga yuboriladi va TTJlar 18-mart kuni, viloyatlarda joylashgan OTMlar TTJlari joriy yil 17-mart kuni yopiladi; boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yiladi: OTMlarda mavjud modullar professor-o‘qituvchilar tomonidan tegishli kontent bilan to‘liriladi va ta’lim masofaviy shaklda amalga oshiriladi; vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi; ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotgan talabalar hamda malaka oshirish kurslariga jalb qilingan o‘qituvchilar uchun ta’lim onlayn shaklda tashkil qilinadi; har qanday ommaviy tadbirlar (konferensiyalar, Navro‘z bayrami va b.) o‘tkazish taqiqlanadi, OTM ilmiy kengashi yig‘ilishi ixchamlashtirilgan tarkibda o‘tkaziladi, ixtisoslashgan kengashlar faoliyati bundan mustasno; OTMlar va vazirlik o‘rtasida uzluksiz axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir ishtirokidagi brifingda OTM talabalari uch hafta muddatga karantinga olinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|