19:13 “Real Madrid” sobiq Prezidenti koronavirus sabab o‘lim to‘shagida yotibdi | |
Madridning “Real” klubi sobiq Prezidenti Lorenso Sans koronavirusga chalindi. Shu bois og‘ir ahvolda kasalxonaga olib kelingan. Ayni paytda u jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda uning o‘g‘li Fernando Sans Twitter'dagi rasmiy sahifasida yozgan. “Biz shifokorlar bilan suhbatlashdik. Ular menga otamning hayoti qil ustida turganini aytishdi. Koronavirus sabab otamning nafas olish tizimida muammo paydo bo‘lgan. Yana 24 soat kutishimiz kerak, ammo uning yoshini inobatga olsak, vaziyat murakkab. Eng yomoni, biz uning yonida bo‘lolmaymiz. Dada, biz sizni yaxshi ko‘ramiz. Yaqin orada yana birga bo‘lamiz. Siz kuchli bo‘lishingiz kerak. Doim oilamizni o‘zingiz bilan olib yurgansiz. Qaytib kelishingiz uchun kurashishda davom eting. Siz bizning qahramonimizsiz. Men sizni yaxshi ko‘raman", deb yozgan Fernando Sans Twitter'dagi rasmiy sahifasida. Ma’lumot o‘rnida, Lorenso Sans 1995 yildan 2000 yilga qadar "Real Madrid" jamoasi Prezidenti lavozimida ishlagan. Hozirga qadar dunyo bo‘ylab 227 761 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 9304 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 85 980 nafar inson kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|