09:25 Rieltorlik faoliyatiga lisenziya berish 1 iyundan hokimiyatlar tomonidan amalga oshiriladi | |
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Farmon bilan 2018 yilning 1 iyunidan rieltorlik faoliyatiga lisenziya berish huquqi tartibi o‘zgartiriladi. Endilikda rieltorlik faoliyatiga lisenziya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan beriladi.
Manba: "kun.uz"
| |
|