18:43 Rim Papasi koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar rad etildi | |
“Ehtimol Papa Fransisk koronavirus yuqtirib olgan. U bir necha kun oldin omma bilan qo‘l berib ko‘rishib chiqqan edi. U kasalligi tufayli rejalashtirilgan bir qancha uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi”, — dedii Vatikan vakili Matteo Bruni. Biroq, Vatikan matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rad etdi. “Bu katta feyk”, — deyiladi axborotda. Shu hafta boshida xizmat vaqtida papada shamollash alomatlari sezilgandi. 83 yoshli pontifik xizmat vaqtida yo‘talgan. Xizmatdan oldin Fransisk dindorlar bilan gaplashib, ularning qo‘lini siqqandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|