Главная » 2021 » Апрель » 12 » Ro‘zadorga makruh bo‘lgan amallar
10:46

Ro‘zadorga makruh bo‘lgan amallar


Makruh amal – shariatda yomon ko‘rilgan, nomaqbul va xunuk ish sanaladi. Ro‘zadorga makruh bo‘lgan amallar deyilganda, ro‘zani buzmaydigan, ammo savobini kamaytiradigan, buzishga yaqin bo‘lgan ishlar tushuniladi.

  1. Ro‘zador saqich yoki shunga o‘xshash narsani chaynashi makruhdir. Chunki, ko‘rgan odam ro‘zador emas ekan degan xulosaga keladi. Payg‘ambarimiz salollohu alayhi vasallam «Kim Allohga va Oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, o‘zini shubhali o‘ringa tashlamasin», deganlar.
  2. Ro‘zador ayol yosh go‘dagiga yoki bemorga ovqatni chaynab bersa bo‘ladi. Bunda farzand ona sutiga to‘ymaydigan bo‘lsa hamda chaynab beriladigan taom bo‘lsa joiz. Chaynamay ham yediriladigan taom bo‘lsa, og‘izga olib chaynab berish shart emas.
  3. Ayol kishi sho‘rvani tatib ko‘rishi makruhdir. Bu farz ro‘zasida uzrsiz bo‘lsa. Agar uzr sababli tatib ko‘radigan bo‘lsa, makruh hisoblanmaydi. Erning xulqi, fe’li yomon bo‘lsa, uzr sanaladi. Farzdan boshqa, masalan nafl ro‘zada xoh uzr bo‘lsin, xoh uzr bo‘lmasin, taomni tatib ko‘rish joizdir. «Fathul qodir»da «kim bir narsani tatib ko‘rsa, og‘zi ochilmaydi, ammo makruh bo‘ladi», deyilgan. Xulosa qilinsa, farz ro‘za tutayotgan ayol erining xulqi yomon bo‘lmasa, taomning mazasini, tuzini tatib ko‘rishi yaxshi emas.
  4. Kishi yog‘ yoki asalni sotib olayotganda yaxshisidan yomonini ajratib olish olish uchun uni tatib ko‘rishi makruhdir.
  5. O‘pish, ushlash va quchoqlash agar g‘uslni vojib qiluvchi ishga sabab bo‘lsa makruhdir. Agar ro‘zani buzuvchi ish sodir bo‘lishidan qo‘rqmasa, joiz deganlar.
  6. Xoh kunduzi, xoh kechki tomon bo‘lsin, ro‘zador xo‘l yoki quruq misvokni ishlatsa bo‘ladi. Ko‘p ulamolar kuchli ehtiyoj va zarurat bo‘lmasa, misvok qilish makruh, agar halqumga mazasi kelsa, ro‘zani buzadi deganlar. Biz aytamiz: misvok xoh quruq, xoh xo‘l bo‘lsin, xoh kunduzi xoh og‘iz ochishga yaqin bo‘lsin uni ishlatish joizdir. Chunki hadisda Payg‘ambarimiz salollohu alayhi vasallam Oisha onamizdan qilingan rivoyatda: «Ummatimga mashaqqat bo‘lmaganida, ularni har namozda misvok qilishga buyurar edim», deb aytganlar. Sahobalar ham Payg‘ambarimizni ro‘zadorlik holatlarida ko‘p marotaba misvok qilayotganlarini rivoyat qilganlar.
  7. Halqumga yutmay boshi va yuzidan salqinlanish maqsadida suv quyish, xo‘l lattaga o‘ranib olish joiz. Tahoratdan boshqa o‘rinda esa, og‘izga suv olib chayish makruhdir.
  8. Tahorat asnosida og‘iz va burunni mubolag‘a qilib chayish ham makruhdir.
  9. Zuluk va shunga o‘xshash narsa vositasida ko‘p qon oldirib tanani zaiflashtirish.
  10. Ikki-uch kun iftorliksiz ulab ro‘za tutish.

Ko‘zga surma qo‘yish makruh emas. Ya’ni ro‘zaga ziyon bermaydi.

«Fatava Sirojiya» va «Fathu babi inaya» kitoblari asosida
N.Saidakbarova tayyorladi


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Ro‘zadorga, makruh, amallar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz