Главная » 2020 » Май » 10 » Ro‘zaning ilmiy isbotini topgan foydalari
10:54

Ro‘zaning ilmiy isbotini topgan foydalari


Ramazon oyi ro‘zasining ilmiy tasdiqlangan foydalari haqida ma’lumot berildi.

Germaniyada: Ochlikning ta’sirini o‘rgangan olimlar shunday hulosaga kelishdi, har qanday taom yoki suv to‘liq man qilingan, yengil ishlarni bajargan holda, 10 soatdan 15 soatgacha, kamida uch hafta yoki ko‘pi bilan to‘rt hafta davomidagi ochlik eng mukammaldir.

AQShda: Ro‘zaning qondagi qand miqdoriga va oshqozon shirasining kislotaligiga hech qanday preparatlarsiz ularning miqdorini me’yorda ushlagan holda yaxshi ta’sir ko‘rsatishi eksperimental isbot qilingan.

Angliyada: Pol Bregning davolovchi ochlik usuli keng qo‘llaniladi.

Xitoyda: Olimlar bir yilda bir oylik ochlik – bu hayot va yoshlikning asosi deya hisoblashadi.

Ukrainada: Odessa tibbiyot instituti olimlari izlanishlari ko‘rsatishicha ochlik organizmdagi zaharlarni har qanday preparatdan yaxshiroq tozalaydi. Masalan, ro‘za paytida ammiakning chiqarilishi 100 barobar oshadi.

Rossiyada: DGMA tibbiyot fanlari doktori, M. Magomedov insonning yillik bioritmlari almashinishi aynan ramazon oyiga to‘g‘ri kelishini isbotlagan. Ya’ni bu paytda organizmning kelasi yil uchun bioritmik qayta to‘g‘rilanishi kechadi. Bu paytda organizmdagi xazm traktining barcha sekretsiyalari pasayadi va shunga ko‘ra kunning yorug‘ paytida, xazm sekretlarining eng kam faolligi davrida ovqat tanovvulini organizm qiyinchilik bilan (og‘ir) ko‘taradi. Aynan shuning uchun ham ramazon oyida ro‘za tutmaydiganlarda oshqozon-ichak trakti kasalliklari zo‘rayadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ro‘zaning, ilmiy isbotini topgan, foydalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz