12:25 Ronaldu: “Ajoyib jamoaviy ish va yaxshi gʻalaba” | |
Krishtianu Ronaldu “Sherif” ustidan qozonilgan gʻalaba (3:0) haqida fikr bildirdi. 37 yoshli portugaliyalik Yevropa ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi oʻyinda gol urdi. “Ajoyib jamoaviy ish va yaxshi gʻalaba. Oldinga. Yunayted!”, – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda. Sky Sports nashri “Manchester Yunayted” futbolchilarining “Sherif” bilan oʻyindagi oʻyinini yuqori baholadi. Kristian Eriksen 10 dan 8 ochko bilan “Eng yaxshi futbolchi” deb topdi. Gol muallifi Krishtianu Ronaldu va yana 7 nafar futbolchi 7 ochkodan joy oldi. 7 ochko olgnalar ichida Ronaldudan tashqari, Dalot, Malasiya, Kazemiro, Fernandes, Garnacho lar ham bor. Shu tariqa, kechagi gʻalabadan soʻng, “Manchester Yunayted” soʻnggi 8 yil ichida 4-marta Yevropa ligasining pley-off bosqichida oʻynash imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|