Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining “Sevilya” va “Selta” jamoalariga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Lekin “Vilyarreal” va YeChL finalidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Bu haqda “AS” nashri xabar bermoqda. Ma’lumotga ko‘ra, Ronaldu mashg‘ulotlarga keyingi dushanba kuni qaytadi va 20 may kuni “Vilyarreal”ga qarshi safar o‘yinida ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi “Barselona”ga qarshi o‘yinda Pike bilan to‘qnashib ketib, jarohat olgandi va tanaffusda zaxiraga olindi.