08:28 Ronaldu o‘z mehmonxonalarini shifoxonalarga berayotgani yolg‘on bo‘lib chiqdi | |
Avvalroq, “Marca” nashri, Italiyaning “Yuventus” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyadagi mehmonxonalarini koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun shifoxonalarga berishi haqida xabar qilgandi. Ronaldu mehmonxonalarini shifoxonaga aylantirishga rozi bo‘lgani o‘z tasdig‘ini topmadi. Bu haqda jurnalist Manu Saync o‘zining Twitter'dagi sahifasida xabar berdi.
Manu Saync, asosan, “Real Madrid” futbol klubi va portugaliyalik futbolchilar haqida yangiliklarni chop etadi. Jurnalistning aytishicha, Ronaldu ushbu virusga qarshi boshqa ko‘rinishda yordam berishga tayyor. Futbolchining o‘zi, joriy yilning 12 mart kuni jamoadoshi Daniyel Ruganida koronavirus topilganidan so‘ng, Modeyradagi villasida karantindadir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 174 115 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 6 684 kishi vafot etgan. Bemorlardan 5 937 nafari yoki 7 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 77 826 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|