12:40 Ronaldu va model: jinsiy zo‘ravonlik mojarosi davom etmoqda | |
AQShning Nevada shtati federal sudyasi quyi instansiya sudiga "Manchester Yunayted" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga qarshi da’vo arizasini rad qilishni tavsiya etdi. Gap shundaki, amerikalik model Ketrin Mayorga Ronaldu tomonidan zo‘rlangani yuzasidan yana bir bor ariza bergandi. Federal sudyaga ko‘ra, Las-Vegasdagi okrug sudyasi OAV orqali tarqalgan xabarlarga tayanib ish ko‘rmoqda. Okrug sudyasi 2017 yilda "Shpigel" jurnalida Ronaldu 2009 yilda go‘yo Mayorgani zo‘rlagani haqidagi maqolaga ishonib qolayotgani aytilgan. Federal sudya modelning da’vosini rad etish qat’iy qaror bo‘lishini bildirdi. 2018 yil sentyabrda Mayorga portugaliyalik futbolchiga qarshi da’vo arizasi kiritgandi. Unga ko‘ra, 2009 yilda Ronaldu Vegasdagi mehmonxonalardan birida modelni zo‘rlagan. Mayorganing aytishicha, u tezda politsiyaga murojaat qilgan va keyinroq jim yurishi uchun Ronaldu tomonidan 347 ming dollar pul olgan. 2018 yilda esa jabrlanuvchi arizasiga ko‘ra, politsiya ishni qayta ochgan. 2019 yilda ish ko‘rib chiqilgan va shuncha o‘tgan vaqt davomida jinsiy zo‘ravonlik holati isbotlanmagani asos qilinib, sud ishi tugatilgandi. Ammo model fuqarolik huquqidan foydalanib, yana qarshi da’vo kiritgan. Ronaldu bu safar sudyaga ish yopilganini, jabrlanuvchi bilan kelishish uchun 375 ming dollar berganini aytgan. Shu o‘rinda model bilan har qanday aloqa ikki tomonlama ixtiyoriy ravishda bo‘lganini bildirgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|