08:34 Ronaldu yangi rekord o‘rnatdi | |
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu orqali u YeChLda yangi rekord o‘rnatdi va YeChL tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi. U shu paytgacha uchta jamoa tarkibida jami 177 marta maydonga tushgan, bugungisi 178-martasi bo‘ldi. Shu paytgacha bu rekord "Portu" darvozaboni Iker Kasilyasga tegishli edi. U "Real" va "Portu" safida jami 177 marta maydonga tushgan. Kasilyas maydonga tushmayotgani hisobga olinsa, bu rekordni boshqa futbolchi haliveri yangilay olmaydi. Ulardan keyin 151 ta o‘yin bilan Xavi va Messi turibdi. Raul 142 marta, Rayan Giggz 141 marta maydonga tushgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|