19:32 Rossiyada koronavirusni davolaydigan dori tayyorlangani ma'lum qilindi | |
Qayd etilishicha, "Farmzashchita" ilmiy-ishlab chiqarish markazi xitoy va fransuz tajribasini hisobga olgan holda davolash sxemasini ishlab chiqqan.
Rossiya tibbiy-biologik federal agentligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun bezgakka qarshi dori vositasi asosida tayyorlangan dorini taqdim etdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda qayd etilishicha, "Farmzashchita" ilmiy-ishlab chiqarish markazi xitoy va fransuz tajribasini hisobga olgan holda davolash sxemasini ishlab chiqqan. "Yuqori darajadagi selektivlikka ega bo‘lgan dori vositasi koronavirusning hujayralardagi tsitopatik ta'sirini to‘xtatadi va uning qayta tiklanishiga to‘sqinlik qiladi, mefloxinning immunosupressiv ta'siri esa virus chaqirgan shamollash kuchayishiga to‘siq qo‘yadi", — dedi agentlik rahbari Veronika Skvorsova. U mazkur dori vositasi koronavirusga chalingan bemorlarning samarali davolanishini ta'minlashini ta'kidladi. Ushbu ishlanmani Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining uslubiy tavsiyanomalariga kiritish taklif qilinmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|