09:04 "Salimboy" — Salim Abduvaliyevning qizi otasi bilan nega 16 yil gaplashmagan? (VIDEO) | |
Xalq orasida "Salimboy" nomi bilan mashhur ishbilarmon Salim Abduvaliyevning katta farzandi Nilufar Abduvaliyeva bilan Rost24.uz axborot sayti uchun eksklyuziv intervyu tashkil etildi. Nilufar Abduvaliyeva O‘zbekistonda va xorijda mashhur bo‘lgan “Mursak” modalar uyi asoschisi. Bugungi mavqega u hech kimning yordamisiz erishganini aytmoqda. Shuningdek, turmushga chiqish arafasida, oilaviy kelishmovchilik tufayli o‘zi otasi bilan 16 yil gaplashmagan Nilufar buni yoshlikdagi xato sifatida eslaydi. “24 yil vijdonim qiynalgan. Ota-ona rozi bo‘lsa, Alloh rozi bo‘lar ekan”, deydi u. Hozirda Nilufar bilan otasi faxrlanadi. Ammo, bu yo‘lni bosib o‘tish unga oson kechmagan. Rost24.uz muxbiri bilan suhbatda Nilufar Salimovna yoshlikdagi xatosi, moda olamidagi muvaffaqiyati va oilasi haqida so‘zlab berdi. Suhbat jarayonida turmushdagi muammolar, o‘tayotgan yillar sabog‘i, boy oila farzandining hayotiy haqiqatlari bayon qilingan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|