20:03 Samandar Hamroqulov rafiqasini quvonchli sana bilan muborakbod etdi | |
Xonanda Samandar Hamroqulov bugun hayotidagi muhim sanani nishonlayotganini ma’lum qildi. "Bugun to‘yimizga 10 yil bo‘ldi. Aynan bugun otajonim Rustam Hamroqulovning ham tug‘ilgan kunlari edi. Dadamning ruhlari shod bo‘lsin, Hoji onamning umrlari uzoq bo‘lsin",—deb yozdi Samandar o‘zining Instagram`dagi sahifasida. Shuningdek, xonanda rafiqasini ham bugungi quvonchli sana bilan muborakbod etishni unutmadi. "Baxtimizga ko‘z tegmasin, hayotim!",—deya rafiqasi Dilnozani tabrikladi Samandar. Ma’lumot uchun, Samandar Hamroqulov 2007 yilning 10 avgust sanasida Dilnozaxon bilan turmush qurgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|