09:50 Samarqandda «Captiva»da qo‘y o‘g‘irlagan shaxs ushlandi | |
26 fevral kuni Samarqand viloyati Nurobod tuman IIBga shu tumanning «Mehnatkash» mahallasida yashovchi 51 yoshli N.E. ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, u o‘sha kuni kuni mahalla hududidan o‘tuvchi A378 - «G‘uzor – Samarqand» avtomobil yo‘li yoqasida qo‘ylarini boqib yurgan vaqtida, qo‘ylaridan birini noma'lum shaxs qora rangli «Captiva» rusumli avtomashinasiga yuklab olib ketganligini bayon qilgan.Nurobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Narpay tumani Oqtosh shahri Sadriddiy Ayniy ko‘chasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan E.S. boshqaruvida bo‘lgan «Captiva» rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganida, mashinaning orqa qismiga o‘g‘irlangan bir bosh qo‘y ortilganligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan xabarida.
Manba: "kun.uz"
| |
|