23:28 Samarqandlik ayol MIB xodimlarini yoqib yubordi | |
Samarqandda ijro harakatlarini amalga oshirayotgan MIB xodimlariga qarshilik qilgan ayol ularni yoqib yubordi. Natijada MIB xodimlari xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishga majbur bo‘lishdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi matbuot kotibi ma’lum qilmoqda. Qayd etilishicha, hodisa 2020 yilning 20 yanvar kuni sodir bo‘lgan. MIBning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi M.B. hamkasblari bilan ish yurituvida bo‘lgan, da’vogar shahar hokimligi va qo‘shimcha da’vogar “SV” MCHJ foydasiga javobgar — 1978 yilda tug‘ilgan D.R.ni uy-joydan chiqarish yuzasidan ijro harakatlarini olib borishgan. Ular fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 12 sentyabrdagi yildagi ijro hujjatiga asosan javobgarning Samarqand shahri, Navoiyshoh ko‘chasidagi uyiga kelishadi. MIB xodimlari ijro harakatlarini amalga oshirayotgan vaqtda, ushbu xonadonda yashovchi D.R. uy-joydan chiqishdan bosh tortgan. Ayol MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularni ustiga benzin sepgan. Keyin qo‘lida yonib turgan sochiqni ularning ustiga uloqtirib yuborgan. Natijada MIB xodimlari xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishga majbur bo‘lishgan. Hozirda shahar prokuraturasi D.R.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|