10:42 Samsung egiluvchan shaffof smartfonni patentladi | |
Samsung kompaniyasi egiluvchan shaffof smartfonni patentladi. Internetga joylangan patent suratida qurilma gorizontal buklanishini ko‘rish mumkin. Bu haqda SlashGear ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ishlab chiqaruvchi, shuningdek, ikkita turli joyidan buklanuvchi smartfonni ham patentladi. Suratlarda smartfonning har ikkala — bittalik va uchtalik buklanuvchi versiyasi ko‘rsatilgan. Shaffof displey texnologiyasiga kelsak, kompaniya 2015-yilda uni firmaga oid televizorida ishlatgan edi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|