21:54 Samsung Galaxy S8 smartfonini taqdim etdi | |
Samsung Electronics korporatsiyasi Nyu-Yorkda yangi Galaxy S8 smartfonini taqdim etdi. Janubiy Koreyalik ishlab chiqaruvchining saytida ma’lum qilinishicha, smartfon ikkita talqinda ishlab chiqariladi: Galaxy S8 va Galaxy S8+. Ikkita model ham chetidan egilgan ekranga ega, va avvalgi model bilan taqqoslaganda kattalashtirilgan: Galaxy S8 14,7 sm diagonal, Galaxy S8+ esa 15,7 sm. Old kamerasi ham yaxshilangan (beshdan sakkiz megapikselga) hotira hajmi ham (4 gigabayt operativ va 64 ichki). Smartfon yarim soat suv ostida qolishi mumkin, deb yozadi TASS. Yangi uskunada "Home" tugmasi sensor bo‘ldi va unga ovozli yordamchi funksiyasi qo‘shildi. U barcha buyruqlarni bajarishi kerak. Smartfonlarni turli rangdagilarini topish mumkin: “tim qora”, “kulrang orxideya”, “moviy marjon”, “arktika kumushi” va “oltin zarang”. AQShda sotuvga uskuna 21 apreldan, Rossiyada - 28 apreldan chiqadi. Yangi modellar Apple korporatsiyasining iPhone 7 raqobatchi bo‘ladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|