10:30 Saratonga qarshi qimmatbaho dorilar befoyda bo‘lib chiqdi | |
Yirik investitsiyalar va innovatsiyalarga qaramay, so‘nggi o‘n yil davomida tavsiya etilgan saratonga qarshi yangi dorilar bemorlarning yashab ketishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Bu haqda British Medical Journal’da maqola e’lon qilgan angliyalik ekspert Piter Uaysga tayanib, EurekAlert! nashri xabar berdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik umrni bir necha hafta yoki oyga uzaytiradigan dorilarni sotib olishga olti xonali summalarni sarflaydi. 2015-yilda butun dunyo bo‘yicha bunday dorilar savdosidan tushgan daromad qariyb 110 milliard dollarga teng bo‘ldi. Uays kimyoviy terapiya vositalarini ma’qullash bo‘yicha qat’iyroq qoidalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularning narxini tushirish choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Ekspert dorilarni sinab ko‘rish jarayonining kamchiliklariga e’tibor qaratdi. Ulardan biri surrogat yakuniy nuqtalar bo‘lib, ularga qarab dorining samaradorligi aniqlanadi. Ulardan foydalanish vositaning ma’qullanish jarayonini tezlashtiradi, ammo bu dori umrni qanchalik uzaytirishi bo‘yicha ishonchli ma’lumot bermaydi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|