16:20 "Sardoba ishi" bo‘yicha yana 29 kishiga hukm o‘qildi | |
Joriy yilning 12-sentyabr kuni Toshkent shahar sudida Sardobadagi suv toshqini sabab jinoiy ishda ayblangan 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi xabar berdi. Qayd etilishicha, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 28,167, 209, 28,209, 243 va 258 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra sudlanuvchilarning
Xabarga ko‘ra, ushbu hukm ustidan apellyasiya shikoyati va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkumlar va fuqaroviy da’vogarlar esa hukmning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi orqali Oliy sudga berilishi mumkin.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|