21:10 Sarimsoq virusga qarshi yordam beradimi? | |
Ispaniyalik tibbiyot mutaxassislari qorag‘at (chernika) va sarimsoqni viruslarga qarshi eng yaxshi mahsulot ekanligini ma’lum qilishdi. Ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish immunitet tizimini mustahkamlaydi, organizmni viruslarga qarshi kurashishini kuchaytiradi. Sarimsoq tabiiy antibakterial, virus va zamburug‘larga qarshi mahsulot hisoblanadi. Undan keyin qorag‘at va E vitaminiga boy bodom organizmni viruslardan himoya qilishi ta’kidlangan. Ushbu mahsulotlar nafas yo‘llarini himoya qiluvchi samarali vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, shifokorlar virusga qarshi parhezga tovuq yoki kurka bulyonini qo‘shishni maslahat berishadi. Bu shamollash vaqtida burunda shilliq qavat paydo bo‘lishining oldini oladi. Shuningdek, vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga to‘yingan beta-karotinga boy kartoshka va brokkoli iste’mol qilishni maslahat berishgan. Viruslarga qarshi samarali mahsulotlar ro‘yxatida qo‘ziqorin, shokolad, sitrus mevalari, anor, kivi, papayya, ismaloq ham mavjud. Immunitetni mustahkamlash uchun ziravorlar orasida zanjabil, ichimliklar orasida — yashil choy va kefir eng yaxshi mahsulotlar hisoblanishi aytilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|