08:22 Sensatsiya! Yomg‘ir tomchisidan elektr energiyasi olindi | |
Shu paytgacha olimlar suv tomchilaridan yetarli darajada energiya olish yo‘lini topisha olmayotgan edi. Va nihoyat, bu yo‘nalishda ham burilish sodir bo‘ladiganga o‘xshayapti. Nature jurnalida chop etilgan maqolada xitoylik injenerlar amerikalik hamkasblari bilan hamkorlikda buning uddasida chiqqanligi haqidagi ilmiy usullarini ma’lum qilishgan. Elektr quvvati olishning bunday uslubi ko‘p yillardan beri olimlarni o‘ylantirib kelardi. Yomg‘ir tomchilari quvvatini elektr quvvatiga aylantirish fizikasi, oqimdan energiya olishga qaraganda bir muncha murakkab. Muntazam ravishda tomchilar tushayotgan maydondan politetraftoretilen plenkalari (PTFE) orqali zaryadlarni yig‘ib olish g‘oyasi umumiy maqsadning salgina siljishiga ko‘maklashdi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|