16:04 Sevimli mevangiz fe’lingizni aniqlaydi! | |
Gohida qarshimizdagi inson bilan muloqotga kirishish uchun uning fe’l-atvorini bilolmay halak bo‘lamiz. Buning yechimi judda oddiy! Aslida kishining har bir xatti-harakati orqali uning tabiatan qandayligi borasida xulosalar chiqarish mumkin. Bugun tavsiya etadigan tajribamizni hech sinab ko‘rmaganingiz shubhasiz. Qaysi mevani xush ko‘rishga qarab, fe’l-atvor xususida tasavvurga ega bo‘lish ham mumkin ekan... 1. Tasavvur qiling, desert o‘rnida shirinlik emas, mevalar taklif etishdi. Ulardan faqat bittasinigina tanlashingiz kerak! 2. Tanladingizmi? Nega aynan shu meva, boshqasi emas, hech o‘ylab ko‘rdingizmi? Sababi, bu tanlovingiz fe’lingiz natijasidir. So‘zimiz qanchalik rost ekaniga o‘zingiz ishonch hosil qiling!
Apelsin — Sabr va iroda — asosiy fazilatingiz! Har bir ishni “etti o‘lchab, bir kes” maqoliga tayanib amalga oshirasiz. Qiyin vazifalar sizni cho‘chitmaydi. Jur’atsiz va tortinchoqligingizga qaramay, har qanday vaziyatda sizga ishonsa bo‘ladigan haqiqiy do‘stsiz. Yuragingizni boricha ishonib topshirish uchun butun umrlik hamrohingizni juda sinchkovlik bilan tanlaysiz. Doimo istalgan nizoli vaziyatdan oqilona chiqish tarafdorisiz. Olma — Tashqi ta’sirlarga beriluvchan, ochiqko‘ngilsiz. Balki juda yaxish tashkilotchi emasdirsiz, biroq odamlarning e’tiborini qozona olishingiz va ishlaringiz unumli bitishiga ko‘ra jamoaga ajoyib yetakchi bo‘la olasiz. Ekstremal sharoitlarda o‘zingizni yo‘qotmay, vaziyatga munosib javob qaytarish xususiyatiga egasiz. Sayohatlarni xush ko‘rasiz. Sevimli insoningiz oldida betakror joziba sohibasiga aylanasiz! Hayotga bo‘lgan chanqoqlik sizni atrofdagilardan keskin farqlab turadi. Banan — Yumshoq tabiat, nazokatli, mehribon insonsiz. Haddan ziyod tortinchoq bo‘lganingiz sabab o‘zingizga bo‘lgan ishonch yetishmaydi. Atrofdagilar esa bu fe’lingizdan “nozik nuqtangiz”ni bosgan holda o‘z foydasi yo‘lida foydalanishadi. Tanlovingizga mos kelgan insonni yutuq va kamchiliklari bilan qabul qilib, butun borlig‘ingiz bilan sevasiz! Insonlarni boricha qabul qila olish qobiliyatingiz borligi uchun oilangiz baxtga to‘la bo‘ladi. Ananas — Juda tez idrok va shunga mos xatti-harakat qiladiganlar toifasidansiz. Karerangiz borasida keskin qarorlar qabul qilishga odatlangasiz, agar bu foyda bersa albatta! Yuqori darajadagi tashkilotchilik qobiliyatiga egasiz va hech qanday katta hajmli ish sizni cho‘chitolmaydi. Atrofdagilar bilan munosabatda ochiqko‘ngil, rostgo‘y va o‘zingizga ishonchingiz baland. Odamlar bilan do‘stlashib ketishingiz oson emas, biroq butun umrlik sodiq do‘stlarga egasiz! Munosabatlarda kamdan kam hollardagina ilk qadamni tashlaysiz. Odatda hamkorlaringiz benuqsonligingizga havas qilishadi, hissiyotlaringizni sovuqqonlik bilan bayon qilishingizdan esa hayratlanishadi. Kokos — Juda jiddiy, mulohazakor va kuzatuvchansiz. O‘zingizga mos ulfat, do‘st tanlashda juda injiqsiz. Istalgan yig‘inlarda doim asosiy rolda bo‘lishni istaysiz, ayniqsa, bu ish borasida! Hayot yo‘lida sizga aqlli inson tanlovida to‘xtalasiz, garchi hissiyotlar muhimligini bilsangiz ham. Chunki bu siz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Olcha — Hayotingiz u qadar ham totli emas. Yuqori cho‘qqilarga chiqish va qulash nima ekanin juda yaxshi bilasiz. Tasavvurlaringiz jonli bo‘lgani uchun ham ijodiy mashg‘ulotlarni hush ko‘rasiz. Juda samimiy va sadoqatli umr yo‘ldosh bo‘lasiz, biroq qalbingizdagilarni boricha so‘zga ko‘chirishingiz oson kechmaydi. Uy, bu — sizning hotirjamlik maskaningiz! Sevimli kishingiz va yaqinlaringizning mehr to‘la taftlarini his etib turishdan ortiqroq baxt yo‘qligiga aminsiz! Mango — Qiyin vaziyatlarda suyanchiq bo‘loladigan insonsiz. Qaroringiz qat’iyligi uchun ta’sir o‘tkazib bo‘lmaydi. Yoqtiradigan va yoqtirmaydigan narsalaringiz xususida aniq tasavvurga egasiz. Hamma narsani nazoratda tutishga odatlangansiz. Kuchli ekaningizga qaramay suyumligingiz yonida mushuk bolasidek bo‘lib qolasiz. Umringiz so‘ngiga qadar muhabbati so‘nmaydiganlardansiz! Qora uzum — Muloyim, lekin tez yonib, tez o‘chadigan odamsiz. Har bir narsada go‘zallikni ko‘ra olasiz. Mehringiz va kirishimliligingiz sabab doim e’tibor va e’tirofdasiz. Hayotga bo‘lgan qiziqishingiz tufayli libos tanlash jarayonidan tortib to kundalik bajaradigan mashg‘ulotlaringizgacha, qisqasi, har bir qilayotgan ishingizdan zavq olishni bilasiz. Umr yo‘ldoshingizga qo‘yadigan birgina talabingiz — unga tortiq etadigan har bir narsadan zavqlana olish san’ati. Shaftoli — Murosali, to‘g‘riso‘z va ochiqko‘ngilsiz. Do‘st va yaqinlar bilan munosabatlarni qadrlaganingiz uchun ham kechirimlisiz. Omadingizning asosiy sababi — mustaqil va izzat-nafsli ekaningiz. Samimiy va vafodor umr yo‘ldosh bo‘lasiz. Nok — Biror g‘oya bilan “yonganingizda” ishga bor vujudingiz bilan kirishasiz. Uni yakuniga yetkazish uchun sizda izchillik yetishmaydi. Sa’y-harakatlaringiz natijasini muntazam ko‘rib borishingiz shart. Aqlingizni zo‘riqtirish va baіsga kirishishni yaxshi ko‘rasiz. Tabiatan asabiy, tinib-tinchimaydigansiz. Turmush o‘rtoq tanlashingiz oson kechadi, munosabatlarni mustahkamlash uchun anchayin ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|