17:59 Shahlo Ahmedova Shahram G‘iyosovga turmushga chiqadimi? | |
Xonanda Shahlo Ahmedova Instagram’dagi Stories orqali muxlislarining barcha qiziqtirgan savollariga javob berdi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda. Shahloga yo‘llangan savollar orasida «Sevgidan kuyganmisiz?» degan mazmundagilari ham bo‘ldi. «Sevib qolmaganman hali, sevgidan kuyish tuyg‘usi men uchun tushunarsiz», — deb javob berdi ushbu savolga xonanda. Xonandaning muxlislaridan biri undan «Agar Shahram G‘iyosovga turmushga chiqsangiz, to‘yga chaqirasizmi?» deb so‘radi. «Men unga turmushga chiqmayman, biz axir do‘stmiz-ku! Bunaqa gaplarni yozishni bas qiling, iltimos», — deb yozdi Shahlo Ahmedova ushbu savolga javoban.
Manba: "aniq.uz"
| |
|