19:37 Shahrisabzdagi bogʼchada bola koʼp qon yoʼqotishdan vafot etdi | |
Qayd etilishicha, kecha, 28 iyul kuni Shahrisabz shahridagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga mazkur MTTga qatnamaydigan 2014 yilda tugʼilgan S.X. singlisi А.X. bilan birgalikda bogʼchaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda А.X.ning onasining iltimosiga koʼra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan. Tushlik paytida opa-singil S.X. va А.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib oʼynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha boʼlaklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam koʼrsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, koʼp qon yoʼqotish natijasida vafot etgan. Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi oʼrganish olib bormoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|