17:29 Shamollashning oldini oluvchi 4 usul | |
1. Qo‘lni imkon qadar tez-tez yuvib turing Organizmdagi kasallik chaqiruvchi mikroblar ko‘pincha qo‘l terisi orqali kiradi. Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, qo‘lini tez-tez yuvib yuradiganlar 45 foizga kamroq kasallik bilan og‘riydi. Biroq har kim ham qo‘lni qanday yuvish kerakligini bilmaydi-da! Avvaliga qo‘lni yaxshilab sovunlab, so‘ng ko‘p miqdordagi suv bilan chayib tashlash kerak. Yuvilgan qo‘lni yaxshilab quritib artishni ham unutmang. Chunki nam muhit bakteriyalar ko‘payishi uchun ideal makon bo‘lishi mumkin. 2. Ko‘proq suyuqlik iching Organizmdagi ko‘p suyuqlik bakteriyalarning ko‘payishiga imkon bermaydi. Hattoki, shamollagan inson yonida o‘tirgan bo‘lsangiz ham... 3. Sovqotishlardan ehtiyot bo‘ling Sovqotish immunitetni tushiradi. Chunki inson organizmi tanani isitish uchun ko‘p kuch sarflaydi va uning infeksiyalardan himoyalanishga kuchi qolmaydi. 4. Hayajonlanmang, stressga berilmang Stress immunitetni kuchsizlantiruvchi asosiy omillardan biri. Har kuni umumiy bo‘shashishga va hordiq chiqarishga hech bo‘lmasa 10-15 daqiqa ajrating. Umumiy bo‘shashgan vaqtda imkon qadar yaxshi narsalar haqida o‘ylang!
Manba: "xabardor.uz"
| |
|